Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) sentabr oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekistondan 8 nafar bokschi taqdim etilgan bo‘lib, shundan 3 nafari o‘z toifasida birinchi o‘rinni egallagan.
WBA talqiniga ko‘ra, rasmiy mamlakati Ukraina bo‘lgan Botir Ahmedov 13-o‘rindan 15-o‘ringa tushib ketdi. Otabek Xolmatov va Bektemir Meliqo‘ziev bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi.
O‘zbekiston bokschilari reytingi:
Xasanboy Do‘smatov (minimal vazn) – o‘tgan oydagidek 1-o‘rin;
Murodjon Ahmadaliev (birinchi engil vazn toifasi) – o’tgan oydagi kabi 1-o’rin;
Muhammad Shexov (birinchi yengil vazn toifasi) – o‘tgan oydagidek 10-o‘rin;
Otabek Xolmatov (engil vazn toifasi) – 4-o‘rin (o‘tgan oy u 5-o‘rinda edi);
Botir Ahmedov (super yengil vazn) – 15-o‘rin (o‘tgan oy u 13-o‘rinda edi);
Shahram G‘iyosov (og‘ir vaznda) – 1-o‘rin (o‘tgan oy u 1-o‘rinda edi);
Isroil Madrimov (super o’rta vazn toifasi) – 1-o’rin, o’tgan oydagi kabi 1-o’rin;
Bektemir Meliqo‘ziev (super o‘rta toifa) – 5-o‘rin (o‘tgan oy u 6-o‘rinda edi).
Sharhlar