Yangiyo‘ldan 2 452 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari topilgan
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida Yangiyo‘l shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Navro‘z” MFY hududida faoliyat yurituvchi “A.B.” MCHJga qarashli savdo do‘konida 14 turdagi jami 2 452 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar