Yangiyoʻl shahriga yangi hokim tayinlandi
Raimov Ravshan Isakdjanovich Yangiyoʻl shahri hokimi etib tayinlandi. Bu haqida Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
R. Raimov 1976-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. Mutaxassisligi-iqtisodchi.
U faoliyati davomida Davlat soliq tizimida bir qator rahbarlik lavozimlarda, shuningdek, 2020-2023-yillarda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlagan.
Tayinlovga qadar, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Ulashish:
Sharhlar