Yangiyo‘lda tashkilot tomonidan qum va shag‘al qazib olinishi natijasida tabiatga 273,8 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi

Фото: Минэкологии

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yangi ekologik reyd o‘tkazdi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Reyd davomida Samarqand mahallasi hududidan o‘tuvchi Chirchiq daryosining sohilbo‘yi hududida yuridik shaxs tomonidan qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlariga chek qo‘yildi. Tabiatga yetkazilgan zarar 273,8 milliard so‘mni tashkil etgan.

Bu tashkilot avval ogohlantirilgan va javobgarlikka tortilgan, deya ta’kidlaydi Atrof-muhit vazirligi.

Holat yuzasidan to‘plangan barcha hujjatlar tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘tkazilgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.