Yaponiya bosh vaziri О‘zbekistonga tashrif buyuradi
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida rasmiy tashrif bilan О‘zbekistonga keladi, deya xabar beradi prezident matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kisida shu hafta oxirida mamlakatga keladi.
Kisidaning О‘zbekistonga kelishi uning Markaziy Osiyo bo‘ylab turnesi doirasida rejalashtirilgan.
Safar 3 kun, 9-12 avgust kunlariga mo‘ljallangan bo‘lib, Qozog‘iston, О‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonga tashriflarni o‘z ichiga oladi.
Tashrifdan maqsad Yaponiyaning mintaqadagi resurslarga boy davlatlar bilan aloqalarini mustahkamlashdan iborat, deyiladi bayonotda.
Ulashish:
Sharhlar