Yaponiya bosh vaziri Rossiya va Xitoyni havo hududini buzishda aybladi
Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba Rossiya va Xitoy muntazam ravishda harbiy samolyotlar bilan mamlakat havo hududini buzib, Yaponiya yaqinida harbiy faolligini oshirayotganini aytdi. U xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat zudlik bilan chora ko‘rishni talab qilishini ta’kidladi.
Ishiba, shuningdek, Shimoliy Koreyaning raketa sinovlarini eslab, Rossiya va KXDR o‘rtasidagi harbiy hamkorlik kuchayib borayotganini qayd etdi. Unga ko‘ra, Shimoliy Koreya harbiylari go‘yoki Rossiya tomonida jangovar harakatlarda qatnashmoqda, biroq u OAV xabarlariga tayanib, aniq dalillar keltirmagan.
Ulashish:
Sharhlar