Yaponiya O‘zbekiston kompaniyalariga sanksiyalar joriy etmoqchi
Yaponiya hukumati O‘zbekiston, Hindiston, Xitoy va BAA kompaniyalarini Ukrainadagi urush tufayli Rossiyaga qarshi kiritilgan cheklovlarni chetlab o‘tgani uchun yangi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritmoqchi.
“Katta yettilik”ning joriy sammitida biz yangi sanksiyalar paketini joriy etish masalasini ko‘rib chiqayotganimizni ma’lum qildik, unga uchinchi mamlakatlarning kompaniyalari ham kiradi. Biz Xitoy, Hindiston, BAA va O‘zbekiston kompaniyalariga nisbatan choralar ko‘rishni ko‘rib chiqyapmiz”, — dedi Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosimasa Xayashi.
Hozirda Yaponiya sanksiyalari Rossiyadan 1 mingdan ortiq odam va 120 dan ortiq tashkilotga taalluqli. Ko‘plab banklar, tashkilotlar va kompaniyalarning aktivlari muzlatib qo‘yilgan.
Sharhlar