Yaponiyaga ishga yuborishi evaziga 7 400 AQSH dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Foto: Department_uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Yashnobod tumanida fuqaro B.X. A.A.ning ishonchiga kirib, uni Yaponiya davlatiga ishga yuborishi evaziga 7 400 AQSH dollar talab qilgan. B.X. aytilgan pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda yana bir fuqaro A.Q. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Polshaga ishga yuborishi evaziga jami 10 700 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.