“Yashil makon” loyihasi doirasida 1 mln ekilmagan ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilgan
2024-yilning o‘tgan davrida xorijiy investorlarning 15 ming 210 nafariga “Tez yordam” tamoyili asosida amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Hisobot davrda 2 739 nafar yoshlarning ish bilan taʼminlanishida, 5 123 nafariga ijaraga yer ajratilishida, 1 181 nafarining tadbirkorlikka jalb etilishida, 4 048 nafariga o‘zini o‘zi band qilishida, 3 773 nafarining kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganish kurslarida o‘qitilishida ko‘maklashildi.
Ehtiyojmand aholini har tomonlama qo‘llab quvvatlash maqsadida 548 nafar aholi xonadoni taʼmirlab berildi hamda 1482 ta xonadon obodonlashtirildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar ahvoli o‘rganilganida, 541 ta holatda amalda ekilmagan 1 milliondan ziyod ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilgani, 580 mingtasi sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga ekilganligi va 19 mingdan ortiq ko‘chat o‘z vaqtida ekilmaganligi sababli nobud qilinganligi aniqlanib, keskin choralar ko‘rildi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 235 nafar shaxs intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka tortildi, 32 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda 1 200 nafardan ortiq shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.
Xususan, faoliyati o‘rganilgan 13 ta oliy va professional taʼlim muassasalarida aniqlangan byudjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish va talon-toroj qilish holatlari bo‘yicha 14 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Sharhlar