Yekaterinburgda o‘zbekistonlik muhojir 26-qavatdan yiqilib vafot etdi
Yekaterinburgning Chkalov tumani prokuraturasi Molodogvardeytsev va Panfilovtsev ko‘chalari chorrahasida joylashgan qurilish obyektida ro‘y bergan ishchining o‘limi yuzasidan tekshiruv boshladi.
Fojia 2024-yilning 12-sentyabr kuni soat 17:00 atrofida 26-qavat darajasida ishlayotgan o’zbekistonlik qurilish ishchisi fasad ko‘tarmasidan (“lyulka”) qulashi oqibatida yuz bergan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, konstruksiyaning bir tomonidagi kabel uzilishi 1975-yilda tug‘ilgan ishchining yiqilib tushishiga sabab bo‘lgan.
Prokuratura ushbu qurilish obyektida xavfsizlik me’yorlariga rioya etilishi uchun kim mas’ul ekanligini aniqlash bo‘yicha nazorat faoliyatini boshladi. Shuningdek, uchastkada baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilganmi yoki yo‘qmi aniqlanadi. Ayni paytda tergov organlari prokuratura nazorati ostida tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Sharhlar