Yengil atletikachi Asila Mirzayorova Paralimpiya chempioniga aylandi

Фото: Paraolympic uz

Bugun uzunlikka sakrash bahslarida sportchi Asila Mirzayorova ikki marta Paralimpiya o‘yinlari rekordini yangiladi: avvaliga 1996-yilgi, keyin esa o‘zining rekordini yangiladi.

Sportchimiz ilk urinishida 5,22 m balandlikka sakrab, 1996-yilda o‘rnatilgan paralimpiya rekordini (5,07 m) 15 sm ga yangiladi.

Beshinchi urinishda Asila Mirzayorova 5,24 metr natijani qayd etib, o‘z rekordini yangiladi.

Shu tariqa, 5,24 metr natija bilan Asila Mirzayorova O‘zbekistonga ilk oltin medalni keltirdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.