Yengil atletikachilar Almatidagi xalqaro turnirda 19 ta medalni qo’lga kiritishdi
Qozogʻistonning Almati shahrida yengil atletika boʻyicha “Qosanov Memorial” xalqaro xotira turniri boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 5 ta oltin, 10 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi. Sportchilar orasida Elina Silyamiyeva, Ivan Denisov, Nargiza Qoʻchqorova, Sharifa Davronova va Jonbibi Hukmova oʻz dasturlarida tengsiz ekanliklarini namoyish etishdi. Batafsil:
Oltin medal:
Elina Silyamiyeva (bosqon uloqtirish)
Ivan Denisov (uch hatlab sakrash)
Nargiza Qoʻchqorova (nayza uloqtirish)
Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash)
Jonbibi Hukmova (800 metr)
Kumush medal:
Zarina Nosirjonova (bosqon uloqtirish)
Dilshoda Usmonova (3 000 metr, stipl-chez)
Amir Nagayev (balandlikka sakrash)
Malika Nasriddinova (yadro uloqtirish)
Nurxon Ochilova (400 metr, toʻsiqlar osha)
4×100 metr estafeta (erkaklar)
Lidiya Podsepkina (100 metr, toʻsiqlar osha)
Ergash Normurodov (110 metr, toʻsiqlar osha)
Ulugʻbek Egamberdiyev (nayza uloqtirish)
Irina Levina (800 metr)
Bronza medal:
Yulianna Shukina (disk uloqtirish)
Mashhura Soibova (3 000 metr, stipl-chez)
Aleksandra Sharkayeva (balandlikka sakrash)
Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash)
Sharhlar