Surxondaryoda 1,5 gektar yer maydonini 300 mln so‘mga olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Bandixon tumanida yer maydoni olib berishini va’da qilgan shaxs ushlandi, deb xabar bermoqda O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.T. fuqaro K.I.ning ishonchiga kirib, unga tumandagi “Polvontosh” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 1,5 gektar yer maydonini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 300 mln so‘m evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini aytib, ushbu pullar hisobidan 14 200 AQSh dollari va 100 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar