Yer maydoni olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Foto: @Department_uz

Qiziltepa tumanida 24 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Departament axborot xizmati yozmoqda.

“Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qiziltepa tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.I. fuqaro Q.D.ning ishonchiga kirib, unga Karmana tumani “Kumushkon” MFY hududidagi 24 sotix zaxiradagi yer maydonini 110 mln so‘m evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini aytib, shundan 45 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan”, – deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.