Yer maydonlarini noqonuniy sotmoqchi bo’lganlar qo’lga olindi

Foto: videodan foto nusxa

Toshkent viloyatining Qibray tumanida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbari Parkent tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari bilan o‘zaro til biriktirib, mazkur fermer xo‘jalikka tegishli 42,5 gektar yer maydonini xaridorga go‘yoki 51 gektar ekanligini aytib, uni 580 ming AQSH dollariga sotishga kelishishgan.

Ammo, ular oldindan 550 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida qo’lga tushishgan.

Nurafshon shahrida esa yashovchi, shaxs o‘zining turmush o‘rtog‘iga O‘rtachirchiq tumani hududidan obodonlashtirish va bog‘ barpo etish uchun ajratib berilgan 3,64 gektar yer maydonining 2 gektarini tanishi bilan kelishgan holda, xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 560 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 60 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ushlangan.

Farg‘ona viloyatida kuzatilgan holatda, Dang‘ara tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan fuqaro 2017-yilda tuman hokimligi tomonidan bog‘dorchilik yo‘nalishida foydalanish uchun o‘ziga ajratib berilgan 1,3 gektar yer maydonida issiqxona qurishga ruxsat olinganligi haqida yolg‘on gapirib, 410 ming AQSH dollari evaziga uni xaridor nomiga rasmiylashtirib berishini aytadi.

Ammo, u so‘ralgan pul mablag‘idan 35 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Qo‘qon shahrida qayd etilgan holatda, fuqaro tadbirkorning ishonchiga kirib, shahar hokimligi zaxirasida bo‘lgan 5 sotix yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligi aytib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming AQSH dollari talab qiladi.

Lekin, u so‘ralgan pul mablag‘idan avans sifatida 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilganida, uning sherigi hokimiyat tizimida ishlovchi tanishlari yordamida ushbu yer maydoni bo‘yicha tegishli hujjatlarni tayyorlatib berish evaziga 5 ming AQSH dollari olganida qo’lga tushishgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.