Yer maydonlarini pora evaziga olib bermoqchi bo’lganlar qo’lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.K. fuqaro B.M.ning ishonchiga kirib, Qumqo‘rg‘on tumani hududidagi 1 gektar yaylov yer maydonini tanishlari yordamida uning nomiga hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 125 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning G‘ozg‘on shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M-O.” fermer xo‘jaligi rahbari X.X. Nurota tumanidan uzumzor barpo etish uchun ijara shartnomasi asosida ajratilgan 15 gektar yer maydonini fuqaro N.F.ning nomiga rasmiylashtirib olib berishi evaziga evaziga 50 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar