Yeryong‘oq eksporti qiymati 73,7 % ga oshdi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 7,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 5,5 ming tonna yeryong‘oq eksport qilgan.

Yeryong‘oq eksporti qiymati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 73,7 % ga oshgan.

O‘zbekiston 2024-yilning 8 oyida eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilgan davlatlar:

— Ozarbayjon – 1,0 ming tonna;

— Rossiya – 892 tonna;

— Qozog‘iston – 707 tonna;

— Qirg‘iz R. – 558 tonna;

— Pokiston – 455 tonna;

— Turkmaniston – 347 tonna;

— Germaniya – 330 tonna;

— Xitoy – 288 tonna;

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.