Yevropa Ittifoqi bo‘rilarni ovlashga ruxsat berdi
2025-yilning 7-martidan boshlab, Yevropa Ittifoqi bo‘rilarni (Canis lupus) “qat’iy himoyalangan” hayvonlar toifasidan “himoyalangan” toifaga o‘tkazadi. Bugungi kunda bo‘rilarni ovlash taqiqlangan bo‘lsa-da, faqat odam yoki chorvaga xavf solgan hollarda ularni o‘ldirishga ruxsat beriladi. Yangi toifaga o‘tganidan keyin bo‘rilarni ovlashga ruxsat beriladi, biroq bu qat’iy nazorat ostida amalga oshiriladi.
Bu qaror Yevropada bo‘rilar populyatsiyasining sezilarli darajada oshgani sabab qabul qilindi. 2022-yil sentabr holatiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqida taxminan 19 ming bo‘ri bor edi, bu esa 2016-yilga nisbatan 14 mingdan ortiqdir. Hatto ba’zi hududlarda, masalan, Belgiya kabi davlatlarda, bo‘rilar populyatsiyasi bir asr ichida ilk bor qaytgan.
Biroq, hayvonlarni himoya qilish tashkilotlari ushbu qarorga qarshi chiqishdi. Jumladan, Jahon Yovvoyi Tabiat Jamg‘armasi (WWF) Yevropa Ittifoqining qarori ilmiy ma’lumotlarga emas, balki shaxsiy sabablarga asoslanganini ta’kidladi. Xususan, 2022-yilda bo‘ri Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenning otini o‘ldirgani ushbu qarorga ta’sir qilgani aytilmoqda.
Bo‘rilar asosan chorva mollariga tahdid soladi. O‘tgan 40 yil ichida Yevropa Ittifoqida odamlar bo‘ri hujumidan o‘lganiga oid bironta ham aniq tasdiqlangan holat qayd etilmagan.
Sharhlar