Yevropa Ittifoqi sudi “Rus harbiy kemasi, bor ****” (Haqorat so’z) kabi mashhur nojo’ya iborani savdo belgisi sifatida ro’yxatdan o’tkazish mumkin emas degan qarorga keldi.
Ukraina Davlat chegara xizmati ushbu iborani rus va ingliz tillarida o’z nomidan ro’yxatdan o’tkazmoqchi edi, ammo avvaliga Yevropa Ittifoqining intellektual mulk bo’yicha idorasi, so’ngra sud bu talabni rad etdi.
Sud qarorida ta’kidlanganidek, bu so’zlar to’liq miqyosdagi urushning birinchi kunida Ilon orolidagi ukrain chegara xizmatchilarining javobi sifatida mashhur bo’lgan va tez orada “Ukrainaning Rossiya tajovuziga qarshi kurash ramziga” aylangan.
Shu sababli, sudga ko’ra, mazkur ibora “tegishli auditoriya tomonidan tovar va xizmatlarning tijorat kelib chiqishini ko’rsatish sifatida qabul qilinmaydi”.
Sud qaroridan ko’rinishicha, chegara xizmati ushbu shiorni turli suvenir mahsulotlariga joylashtirmoqchi bo’lgan.
Sharhlar