Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 35 milliard yevro miqdorida kredit beradi
Yevropa parlamenti Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 35 milliard yevro miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi, uni to‘lash uchun muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tushgan mablag‘ ishlatiladi”, -deb xabar beradi TACC
Bu qaror uchun 518 nafar yevropalik deputat ovoz berdi, 56 nafari qarshi chiqdi, 61 nafar parlamentariy esa betaraf qoldi.
Yevrokomissiya bayonotida aytilishicha, Kiyevga kredit “Rossiya Markaziy bankining Yevropa Ittifoqi hududida joylashgan muzlatilgan aktivlaridan keladigan kelajakdagi daromadlar” evaziga berilgan. Mablag’lar 2025-yil oxirigacha ajratiladi.
“Ushbu ovoz berish orqali biz Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘ni Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatayotganimiz va Rossiya tajovuzkor davlat sifatida to‘lashi kerakligi va to‘lashi haqida kuchli signal beramiz”, dedi Yevroparlament rahbari Roberta Metsola.
Bu kredit G7 davlatlarining Ukrainaga 50 milliard dollargacha (taxminan 45 milliard yevro) moliyaviy yordam ko‘rsatish tashabbusining bir qismidir.
YeI qarz beradigan yakuniy miqdor G7 mamlakatlari hissasiga qarab kamroq bo’lishi mumkin.
Sharhlar