Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari О‘zbekistonga tashrif buyuradi
Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari Yanush Voysexovskiy 5-6 sentyabr kunlari О‘zbekistonga tashrif buyuradi. Tashrifdan maqsad Yevropa Ittifoqi va О‘zbekiston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini muhokama qilishdan iborat.
Tashrif davomida Komissar Voysexovskiy “Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar: oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari” xalqaro forumida nutq so‘zlaydi. Shuningdek, u О‘zbekiston hukumati vakillari, jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Komissar Voysexovskiyning tashrifi Yevropa Ittifoqining О‘zbekiston va butun mintaqa bilan hamkorlikni mustahkamlashga sodiqligini ta’kidlaydi. Uchrashuvlarda qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, savdo istiqbollari va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar muhokama qilinadi.
Sharhlar