Yevropa parlamentiga saylovlarning dastlabki natijalari aytildi / Anhor.uz live
Xavfsizlik
Migratsiya
Iqtisodiy barqarorlik
Dastlabki natijalarga ko’ra “Yevropa Xalq partiyasi” qo’shimsha 10 o’ringa ega bo’lishi kutilyapti. Ikkinchi o’rinni “Sotsial demokratik partiyasi” 6 o’rin yo’qotishi bilan yakunlanishi kutilmoqda. Uchinchi o’rinam esa “Liberal Renew Europe” partiyasi egallamoqda. Bu haqda Anhor.uzga jarayonlarni bevosita kuzatayotgan nashrimiz jurnalisti Madina Tursunova Bryusseldan xabar qilmoqda.
Yevropa Ittifoqidagi Yevropa parlamentiga saylovlardagi qatnashuv 51 % deb baholanmoqda.
EPP partiyasini Yetakchisi Manfred Veber Sotsial demokratlarga koalitsiya tuzishni taklif qilgan holda boshqa partiyalarni Ursula Gertrud von der Leyen nomzodini qo’llab quvvatlashga chakirgan.
G’olib chiqgan partiya Yevropa Komissiyasi prezidentini taklif etishga haqli ekanligi ta’kidlandi.
“Biz Yevropa uchun kurashishda to’xtamaymiz”, – deb takidladi Manfred Veber.
Xabar Anhor.uz uchun maxsus Belgiya poytaxti Bryusselda o’tayotgan saylov jarayonidan Madina Tursunova tomonidan taqdim etilmoqda.
Sharhlar