Yevropada yana Ukrainaga qo‘shinlar jo‘natish imkoniyati muhokama qilinmoqda
Yevropa davlatlari Ukrainaga xususiy harbiy kompaniyalardan (PMS) qo‘shin yoki jangchilar yuborilishi mumkinligi haqidagi muhokamalarni qayta boshladi. Bu haqda Le Monde gazetasi manbalarga tayanib xabar beradi.
Xususan, bu masala Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer tomonidan muhokama qilinmoqda. Biroq, ularning g‘oyasi boshqa bir qator davlatlar, jumladan, Germaniya tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi. Bu suhbatlarning qayta boshlanishiga AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning g‘alabasi va Ukrainaga kelgusida harbiy yordam ko‘rsatishdan xavotirlar sabab bo‘lgan.
“Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasida mudofaa sohasidagi hamkorlik bo‘yicha, xususan, Ukraina va Yevropa xavfsizligini kengaytirishga yo‘naltirilgan Yevropada ittifoqchilarning asosiy guruhini yaratish maqsadida muhokamalar davom etmoqda”, — deya Britaniya rasmiylaridan birining so‘zlarini keltiradi nashr.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Oreshnik” raketa majmuasi butun Yevropa bo‘ylab nishonlarga zarba bera olishini aytgandi.
Rossiya strategik raketa kuchlari bosh qo‘mondoni Sergey Karakaуev ham Rossiya Federatsiyasi prezidenti bilan yig‘ilishda “Oreshnik” raketa majmuasi butun Yevropadagi nishonlarga zarba bera olishini ma’lum qilgandi.
Sharhlar