Yevroparlament Gruziyada yangi saylovlar o‘tkazishga chaqirdi
Yevroparlament Gruziya bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi , unda saylov natijalarini tan olmadi, yangi ovoz berishga chaqirdi, shuningdek, mamlakat bosh vaziri va partiya yetakchilariga qarshi sanksiyalar qo‘llashni so‘radi. Hujjatni qabul qilish uchun 444 deputat “ma’qul” ovoz berdi, 72 nafari “qarshi”, 82 nafari esa betaraf qoldi.
Rezolyutsiyada qayd etilganidek, “qoidabuzarliklar ko‘lami tufayli ovoz berishning qonuniyligi jiddiy ravishda buzilayotgani sababli, xalqaro hamjamiyat saylov natijalarini tan olmasligi kerak”. Shuning uchun Yevropa parlamenti “parlament saylovlarining har qanday tan olinishini rad etadi va ularni yaqin xalqaro nazorat ostida bir yil ichida takrorlanishiga chaqiradi”.
Yevroparlament Yevropa Ittifoqini “demokratik orqaga qaytishlar, saylov qonunlari va standartlarini buzish, maʼmuriy suiisteʼmollar va davlat institutlaridan suiisteʼmol qilish” uchun masʼul boʻlgan Gruziya rasmiylari va siyosiy yetakchilariga qarshi shaxsiy sanktsiyalar qoʻllashga chaqirdi.
Bundan tashqari, Yevroparlament Yevrokomissiya va YeI Kengashini Gruziyaning vizasiz maqomini to‘xtatib turish imkoniyati bilan qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi, shuningdek, “Rossiyaning Gruziyadagi demokratik jarayonlarga tizimli aralashuvini” qoraladi.
Sharhlar