Yo’llardagi “aqillilar” jarimaga tortildi
Ijtimoiy tarmoqda yo’l harakati qoidalarini bila turib, qo’pol ravishda buzgan haydovchilari ushlanib, jazoga tortildi.
Ijtimoiy tarmoqda RANGE ROVER va MATIZ rusumli avtomashina haydovchilari o’zi va o’zgalarning hayotini xavf ostiga qo’yib, harakat davomida qarama-qarshi yo’nalish bo’ylab avariyaviy xavfli holat qilib harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi.
Video Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib haydovchilarga nisbatan qoidabuzarligi yuzasidan O’zbekiston Respublikasi MJTKning 128⁵-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borildi.
Ulashish:
Sharhlar