Yod miqdori kam bo‘lgan yoki umuman bo‘lmagan osh tuzi namunalari miqdori 20 % gacha kamaytirildi

Foto: spot.uz

O‘tgan davr mobaynida tarkibida yod miqdori kam bo‘lgan yoki umuman bo‘lmagan osh tuzi namunalari miqdori 20 % gacha kamaydi, deb xabar bermoqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati.

Respublika bo‘yicha hududlarda 56 ta yodlangan osh tuzini ishlab chiqarish korxonalari va 46 ta ularni qadoqlash sexlari faoliyat yuritib kelmoqda.

Joriy yilning 6 oyi davomida 12 ta yodlangan osh tuzini ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazilgan tekshirishlar davomida 1563 kg 720 gr kaliy yodat zahirasi mavjudligi aniqlangan.

Ushbu tekshirishlar davomida laboratoriya tahlillari uchun olingan 39 ta namunalardan 4 ta namuna belgilangan me’yorlarga javob bermaganligi sababli, ularni qayta yodlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, qayta yodlashga yuborilgan.

2024-yilning o‘tgan davri davomida oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalarida tekshirishlar davomida laboratoriya tahlillari uchun olingan 96 ta, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan 350 ta Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, davolash profilaktika muassasalari va boshqa ijtimoiy soha obyektlaridan 3005 ta yodlangan osh tuzi namunalardan 1123 (37%) tasi belgilangan me’yorlarga javob bermaganligi aniqlanib 54367 kg osh tuzi mahsuloti qayta yodlash uchun ishlab chiqarish korxonalariga qaytarilgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.