Yo‘l qurilishi bo‘yicha buyurtma olib berish uchun 50 ming AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlandi
Ma’lum bo’lishicha, yo‘l qurilishi hamda ta’mirlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari N.Sh. o‘zganing ishonchiga kirib, unga “Toshkent-Boysun” avtoyo‘lini qurish va ta’mirlash loyihasi bo‘yicha tender g‘olibi bo‘lgan xorijiy kompaniyaning qiymati 500 ming AQSH dollarilik qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha buyurtmasini olib berishni va’da qilgan. Evaziga uning 10 foizini, ya’ni 50 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.
Ta’kidlash lozimki, u muqaddam bir necha marotaba sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar