Toshkentda tez yordam xodimi tomonidan yolg‘on xabar tarqatildi
Telegram ijtimoiy tarmog‘ida Toshkentdagi “16-gorbolnitsa go‘shtdan zaharlanganlar bilan to‘lmoqda” mazmunidagi video xabar tarqaldi, deb ma’lum qilmoqda Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi.
O‘z rasmiy munosabatida muassasa ma’lum qilishicha, ovqatdan zaharlanganlik bo‘yicha Boshqarma hamda uning tuman bo‘limlariga shoshilinch xabarnoma kelib tushmagan.
Shuningdek, shifoxona va Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan bog‘lanilganda, video xabarda zaharlanganlik haqida ma’lumot bergan fuqaro tez yordam xodimi ekanligi va yolg‘on xabar tarqatganligi aniqlandi. Xodim yolg‘on xabar tarqatganligi tufayli prokuratura organi ushbu ishni ko‘rib chiqmoqda.
Boshqarma tarmoqlarda asoslanmagan tarzda tarqatilayotgan yolg‘on xabarlarga ishonmaslik haqida eslatib o‘tdi.
Sharhlar