Yong‘in oqibatida shikastlangan Agrar universitetining binosi buzib tashlanishi mumkin

Кадр из видео

Yirik yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan Qibray tumanidagi Toshkent davlat agrar universiteti binosi buzilishi mumkin. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘iratbay Sharipovga asoslanib Kun.uz nashri yozadi.

“Universitet binosi ko‘zdan kechirilmoqda, agar yong‘indan keyin talablarga javob bermasa, buzib tashlanadi. Uning keyingi taqdiri hukumat qaroriga bog‘liq”, — deydi vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘quv jarayoni davom etmoqda. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litsey va Yunusobod tumanidagi Ijodiy texnologiyalar markazida o‘quvchilar uchun mingdan ortiq o‘quv o‘rni yaratilgan.

“Yagona qaror binoni buzish yoki uni qayta tiklash kerak”, – deya xulosa qiladi Sharipov.

30-sentyabr kuni kechqurun Agrar universiteti hududida kuchli yong‘in sodir bo‘lgandi. O’rmon xo‘jaligi agentligi ularning universitet hududida bo‘lmagan binosining to‘rtinchi qavati va tomi shikastlanganini ma’lum qildi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.