Toshkentda Cobalt ustunga urilib, yonib ketdi
3-sentabr kuni soat 21:00 larda Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida Cobalt rusumli transport vositasi haydovchisi 2002-yilda tug’ilgan S.X. harakat vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib yoritgich ustunlariga to‘qnashib yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Natijada avtomashinada yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar