Avvalroq, Rossiyaga qarashli Birinchi kanal vakillari Germaniya hukumatidan mamlakatni tark etish bo‘yicha rasmiy talabni olganliklarini ma’lum qilganligi haqida DW xabariga tayanib yozgan edik. BBC bu voqea haqida quyidagicha yozmoqda.
Unga ko’ra, Germaniya hukumati Rossiyaning “Birinchi kanal”ning ofisini yopish haqida gap-so‘zlarni rad etdi va jurnalislarining chiqib ketish masalasini vizalarga oid muammolar bilan bog‘lashini bildirdi. Germaniya tashqi ishlar vazirligi vakili Reuters agentligiga bergan izohida, “Rossiya jurnalistlari Germaniyada erkin va hech qanday to‘siqsiz ishlashlari mumkin. Bir qator rossiyalik jurnalistlar Federal press-markazida akkreditatsiyadan o‘tgan,” deb ta’kidladi.
Shu bilan birga, Germaniya TIV vakili, viza masalalari boshqa idoraga tegishli ekanini aytib, “Agar siz yashash shartlarini bajarmasangiz, jurnalist sifatida ishlay olmaysiz. Siz mamlakatda qolish talablariga amal qilishingiz kerak,” deb qo‘shimcha qildi.
Islomobodda yuzaga kelgan siyosiy vaziyat va Rossiya-Germaniya o‘rtasidagi ziddiyatlar, jurnalislik faoliyatiga ta’sir qilayotganini ko‘rsatmoqda.
Sharhlar