Yosh o‘tishi bilan ko‘rish qobiliyati pasayishini to‘xtatish yo‘li topildi
AQSH va Avstraliya olimlari yosh o‘tishi bilan insonning ko‘rish qobiliyati pasayishining omillari hamda buning oldini olish yo‘lini aniqlashdi.
Izlanishlar davomida katta yoshda ko‘z ravshanligi pasayishining hujayraviy mexanizmi tasvirlab berildi va mazkur jarayonni to‘xtatish imkonini beruvchi usul taklif qilindi.
Hozirgacha bu muammoga qarshi turli davolash texnologiyalari (ko‘zlarga yorug‘lik to‘lqinlari, elektromagnit nurlanish yoki ultratovush orqali ta’sir o‘tkazish), tungi linzalar, dori-darmonlar, shuningdek, lazer korreksiyasi hamda mikrojarrohlik yo‘lidan foydalaniladi.
Biroq bu muolaja turlarining samaradorligi cheklangan, ma’lum asoratlar kelib chiqish xavfi ham mavjud.
Yangi tadqiqotda olimlar presbiopiyani inson ildiz hujayralaridan foydalangan holda modellashtirdi.
Aniqlanishicha, yosh o‘tgan sayin ko‘rish qobiliyati pasayishi jarayonida organizmda metalloproteinaz 3 (TIMP3) deb ataluvchi oqsil ishlab chiqariladi.
Ushbu modda ko‘z salomatligi uchun zarur bo‘lgan fermentlar faollashuvini pasaytirib, yallig‘lanishni keltirib chiqaruvchi boshqa fermentlar miqdorini oshiradi.
Tadqiqotchilar yallig‘lanishga sabab bo‘luvchi ana shu fermentlar faolligini bloklash usulini sinovdan o‘tkazdi. Ularning xulosasiga ko‘ra, bunday yondashuv presbiopiyani to‘xtatish va samarali davolash imkonini beradi.
Sharhlar