Yoshlar o‘rtasidagi jahon shaxmatchilari reytingida Abdusattorov 1 pog’ona pasladi
Jahon shaxmat federatsiyasi tomonidan dunyo shaxmatchilarining reytingni yangilandi. Ushbu reytingida 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster kuchli 100 likdan joy oldi.
Reytingda Nodirbek Abdusattorov (2783) avvalgi oygidek 6-o‘rinda qayd etildi, ammo, bu safar u reyting ochkolarini 17 ochkoga oshirib olgan.
Bundan tashqari, eng kuchli shaxmatchilar reytingida Rustam Qosimjonov (2685) ham mavjud bo’lib u 43-o‘rinda. Javohir Sindorov (2668) avvalgi oyga taqqoslaganda 4 pog’ona pasladi va bu oyda 56-o‘rinda. Shamsiddin Vohidovning xizmatlari evaziga O‘zbekiston Olimpiyachilari bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. U reytingda 2668 ochko bilan 57-o‘ringa ko‘tarildi. Avvalgi oyda kuchli 61-o‘rinda qayd etilgan Nodirbek Yakubboyev (2654) esa bu oyda 75-o‘rinda qayd etildi.
O‘tgan oyda Abdusattorov yoshlar o‘rtasidagi rasmiy reytingda birinchi o‘rinda qayd etilgan edi. Oktabr oyi uchun e’lon qilingan reytingda u o‘rnini Hindistonlik Gukeshga bo‘shatib berdi hamda 2 o’ringa tushdi.
Sharhlar