YouTube’ning sobiq bosh direktori vafot etdi
Amerikaning YouTube videoxostingining sobiq bosh direktori Syuzan Voychicki 57 yoshida vafot etdi. Bu haqda Google bosh direktori Sundar Pichai X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozmoqda Ria Novosti.
“Qadrli do‘stim Syuzan Voychickining ikki yillik saraton kasalligidan so‘ng vafot etganligidan juda qayg‘udaman. U Google tarixining bir qismi bo‘lgan va usiz dunyoni tasavvur qilish qiyin”, – deb yozadi Sundar Pichai uning oilasiga hamdardlik bildirgan holda.
Voychicki 1998-yilda o‘z garajini kompaniya asoschilariga ofis sifatida ijaraga berib, Google kompaniyasini yaratishda ishtirok etgan. 1999-yilda u Google kompaniyasining birinchi marketing menejeri bo‘lgan. U Google’ning YouTube’ni sotib olish tashabbuskori bo‘lgan. 2014-2023-yillarda u videoxosting bosh direktori lavozimida ishlagan.
Sharhlar