Yozda 3 yoshli bolani o’ldirgan shaxs ishi sudda ko’rilmoqda
15-noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida 3 yoshli bolani shafqatsizlarcha o‘ldirgan shaxs ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi, deb yozadi Kun.uz.
Sud ma`lumotlariga ko’ra, jinoyat sodir etilgan vaqtda u “Regapen”, “Tropikamid” va “mefedron” ta’sirida bo’lgan. O‘ldirilgan bolaning ota-onasi suddan umrbod qamoq jazosi tayinlashni so‘ramoqda.
Ayblanuvchi 9-iyulga o‘tar kechasi har xil preparatlar ta’sirida 1994-yilda tug‘ilgan sherigining 2021-yilda tug‘ilgan o‘g‘liga hasad qilib, uxlab yotgan bolaning yuziga to’g’ridan-to’g’ri pichoq bilan urib bir necha marta jarohat yetkazgan.
Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qasddan odam o‘ldirish, kuchli ta’sir etuvchi yoki zaharli moddalarni muomalaga noqonuniy kiritish, davlat organi vakiliga yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish kabi moddalari bilan ayblangan.
Sharhlar