Toshkentda to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: IIBB YHXB

Joriy yilning 17-iyun kuni soat 03:00 larda Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida 4 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIBB YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.

MENLO, VAZ-2106, VAZ-2107 va Nexia-2 mashinalari o‘zaro to‘qnashgan.

YTH natijasida MENLO rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohat olgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.