Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati.

Voqea 16-iyul kuni soat 01:00 larda Mirzo Ulug’bek tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida yuz bergan. 17 yoshli haydovchi (voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega emas) M.T. boshqaruvidagi JAC rusumli avtomashinasi, 30 yoshli B.Y. boshqaruvidagi Tracker rusumli avtomashina va 21 yoshli O.N. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.