Toshkentda uchta avtomobil va bitta skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Фото: IIBB YHXB | Rasmiy kanali

Toshkentning Chilonzor tumanida uchta avtomobil va bitta skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

Hodisa 14-avgust kuni soat 23:40 larda Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida yuz bergan. Haydovchi 22 yoshli O.T. boshqaruvidagi Cobalt, 34 yoshli Sh.Y. boshqaruvidagi Monza, 19 yoshli U.M. boshqaruvidagi skuter, 25 yoshli M.N. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinalari to‘qnashib ketgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.