9-10-aprel kunlari Toshkentda yuk avtomashinalari harakati vaqtincha cheklanadi

Foto: O‘zA

Ramazon hayiti munosabati bilan xavfsizlik choralari yuzasidan Toshkentda yuk avtomashinalari harakati vaqtincha cheklanadi, deb xabar bermoqda O‘zA.

9-aprel kuni soat 17:00 dan 10-aprel soat 17:00 gacha Toshkent shahriga yuk avtomashinalarining kirishi va shaharda yuk avtomashinalarining harakatlanishi toʻliq cheklanadi.

Qayd etilishicha, avariya-qutqaruv xizmatlari mashinalari va maxsus transport vositalari bundan mustasno.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.