Andijonda yuk mashinasi temir yo‘l ko‘prigiga borib urildi
Andijonda HOWO rusumli yuk mashinasi temir yo‘l ko‘prigiga borib urildi, deb xabar bermoqda Andijon tumani IIB YHXB axborot xizmati.
5-avgust kuni soat 04:00 larda 22 yoshli haydovchi A.S. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan HOWO rusumli yuk avtomashinasini Andijon tumani “Sanoat” MFY hududidan o‘tgan 4R-116 avtomobil yo‘lining (Namangan-Uychi-Paytug‘-Andijon) 83 km.da harakatlanib ketayotib, uxlab qolishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib temir yo‘l ko‘prigiga borib urilgan.
Ushbu YTH oqibatida, HOWO rusumli yuk avtomashinasi xamda temir yo‘l ko‘prigi zararlangan, tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sharhlar