Yuk ortishning belgilangan me’yorlari va talablarini bilasizmi

Фото: YHXX_UZ

Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqliash to‘g‘risidagi qarorga ko‘ra, transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, yon tomonga gabaritning chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk “Katta o‘lchamli yuk” taniqlik belgisi bilan belgilanishi, sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda esa bunga qo‘shimcha ravishda oldi oq rangli chiroq yoki yorug‘lik qaytargich, orqasi esa qizil rangli chiroq yoki yorug‘lik qaytargich bilan belgilanishi kerak.

Avtotransport vositalarining ochiq yuk tashish platformalarida, issiq asfalt, yirik gabaritli va og‘ir yuklardan tashqari, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, shuningdek, to‘kiladigan boshqa yuklarni tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan yopilgan bo‘lishi lozim.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.