Yulduz Usmonova “Hamdo‘stlik yulduzlari” mukofoti bilan taqdirlandi
17-sentabr kuni O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Rossiyada “Hamdo‘stlik yulduzlari” mukofoti bilan taqdirlandi, deb xabar bermoqda TACC nashri.
Xabarga ko’ra, 17-19-sentabr kunlari Rossiyaning Ufa shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijodiy va ilmiy ziyolilarining XVI forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Yulduz Usmonova, ozarbayjonlik rassom Sakit Mamedov va qozog‘istonlik aktyor Tungishbay Djamanqulov “Madaniyat va san’atga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha mukofot bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, mukofot 2009-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, har yili MDH mamlakatlari vakillariga alohida davlat va umuman hamdo‘stlikni rivojlanishiga hissa qo‘shgan gumanitar sohadagi muhim yutuqlari uchun beriladi. Sovrin hajmi 2 million rublni tashkil etadi, bu yil unga 7 ta davlatdan 11 nomzod ariza topshirgan.
Ma’lumot uchun, Joriy yilning 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi doirasida bir guruh san’atkorlar, jumladan, Yulduz Usmonova ham Tojikiston xalq hofizi faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Sharhlar