Yunusobod tumani Alisher Navoiy-Sharof Rashidov ko’chalarida to’qnashuv bo’ldi

Foto: Toshkent shahar IIBB Yo'l harakati xavsizligi boshqarmasi

Joriy yilning 6-oktabr kuni soat 09:40 larda Yunusobod tumani Alisher Navoiy-Sharof Rashidov ko’chalari chorrahasida haydovchi M.N. boshqaruvida bo’lgan Spark rusumli transport vositasi, haydovchi M.X. boshqaruvida bo’lgan Nexia-3 rusumli transport vositalari to’qnashishi oqibatida yo’l transport hodisasi sodir bo’lgan.

YTH natijasida tan jarohat Spark avtomashina yo’lovchisiga birinchi yordam ko’rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha yo’l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan me’yorlardan oshirmasliklarini soʼraymiz.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.