Yunusobod tumanidagi yangi qurilayotgan binoda sodir bo’lgan yong‘in bartaraf etildi(Foto)

Foto: Bobur Karimov

23-iyul kuni soat 12:35 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Sh.Rashidov ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, zudlik bilan 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borib, bartaraf etish ishlarini olib borgan. Ko‘p qavatli yangi qurilayotgan binoning tom qismida sodir bo‘lgan yong‘in soat 12:56 da bartaraf etilgan.

“Yong‘in natijasida binoning tom qismidagi qurilish mahsulotlari yonib zararlangan. Yong‘in-qutqaruvchilarning tezkor sa’y-harakatlari tufayli yong‘inning kengayib ketishi oldi olindi va qisqa vaqt ichida o‘chirildi. Asosiy binoga zarar yetmagan”, – Toshkent shahar FVB Axborot xizmati boshlig’i mayor Qurbonov Zuhriddin.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.