Yunusobodda haydovchi 83 yoshli piyodani urub yubordi
Yunusobod tumanida “Matiz” haydovchisi bilan 83 yoshli piyoda ishtirokida YTH sodir bo’ldi. Bu haqida Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga ko’ra, 5-noyabr kuni soat 13:10 larda Yunusobod tumani Osiyo ko’chasida haydovchi (2000-yil) B.N. Matiz rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o’tish joyidan yo’lni kesib o’tayotgan piyoda (1941-yil) X.S.ni urib yuborgan.
YTH natijasida piyoda tan jarohat olganligi sababli shifoxonaga olib ketilgan.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar