Yunusobodda internet orqali narkotik dorilarni reklama qilgan o‘smirlar qo‘lga olindi

фото: гувд

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida voyaga yetmaganlarning internet tarmoqlari orqali narkotik-dori do‘konlari reklamasini tarqatish bilan shug‘illanayotganlar faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda  poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Patrul xizmati xodimlari 6-noyabr kuni ertalab soat 04:00 atrofida ikki o‘smirni payqab qolishgan. Tekshiruv chog‘ida ularning qo’lidaqora bo‘yoq solingan purkagichli qutilari, telefonlarida dorixona do‘konlari reklamasi aks ettirilgan graffitilar tushirilgan joylarning fotosuratlari topilgan. Yoshlar har bir yozuv uchun Telegram messenjeri orqali 20 ming so‘mdan taklif qilinganini tan oldi.

O‘smirlarning ota-onalariga farzand tarbiyasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganliklari sabab protokollar tuzilgan. Ish materiallari Yunusobod tuman sudiga topshirilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.