Yunusobodda qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: https://t.me/ubdd_uz/22928

2024-yil 26-sentabr kuni soat 12:35 larda Toshkent shahar, Yunusobod tumanida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 3-batalon YPX inspektorlari tomonidan Amir Temur ko’chasida Malibu rusumli avtomobil to‘xtatilib, haydovchi, 1998-yilda tug‘ilgan M.I.ning ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro tergov organlaridan yashirinib yurganligi sababli qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan. Bu haqida Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro M.I. Yunusobod tumani IIO FMBga topshirilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.