Yunusobodda Spark piyodani urib yubordi, ayol shifoxonada vafot etgan

Фото: Тошкент шаҳри ЙҲХБ

Toshkent shahri Yunusobod tumanida 19 iyul kuni yo‘l-transport hodisasida piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati xabar qilmoqda.

“YTH soat 20:30 larda Ahmad Donish ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi D.R. (2004 yilda tug‘ilgan, erkak) Spark avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda G. Sh.ni (1960 yilda tug‘ilgan, ayol) urib yuborgan. Oqibatda piyoda shifoxonada vafot etgan”, – deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.