Telegramda yuqori lavozim egalari nomiga soxta akkaunt ochilib, “fake” xabarlar tarqatilmoqda
Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, telegram messenjerida ochilgan soxta “fake” akkauntlar orqali yuqori turuvchi idoralar rahbarlari nomidan quyi bo‘g‘in muassasalari mas’ullariga soxta xabarnomalar yuborish holatlari uchramoqda.
Xususan, so‘nggi kunlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati nomidan yaratilgan ana shunday soxta profillar orqali tizimdagi mas’ul xodimlarga turli yolg‘on va noqonuniy topshiriqlar berilmoqda.
“Shu o‘rinda vazirlik barcha rahbarlarni ogohlikka chaqirib, bunday “fake” ma’lumotlarga ishonmasliklari, axborot xavfsizligini ta’minlashga yanada jiddiy e’tibor qaratishlarini so‘rab qoladi”, – deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, ushbu soxta profillarni aniqlashning bir necha usuli bo‘lib, ulardagi barcha ma’lumotlar yopiq va yozishmalar yangidan boshlanadi. Shuningdek, mazkur akkauntlarga video va audio qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Sharhlar