Yuqorichirchiqda BMW yo‘l chetida to‘xtab turgan Tracker’ga borib urildi
Yuqorichirchiq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Toshkent viloyati IIB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.
Xabarda aytilishicha, joriy yilning 20 iyul kuni soat tahminan 14:00 lardaToshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani xududidan o‘tuvchi 4R12 “Bektemir-Chorbog‘ q” avtomobil yo‘lining 8-kilometrida haydovchi 1991 yilda tug‘ilgan U. B. boshqaruvidagi “VMW” rusumli transport vositasida Bektemir-G‘azalkent yo‘nalishida boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘nalishda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan “Tracker” rusumli transport vositasini urishi natijasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
Ushbu yo‘l transport hodisasi natijasida hech qaysi harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. (To‘htab turgan avtoulovda haydovchi va yo‘lovchilar bo‘lmagan) Transport vositalari texnik shikastlangan.
Holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sharhlar